Xitoy AQSHni Cisha orollariga noqonuniy bostirib kirishda aybladi

Olam

image

Xitoy qo‘mondonligi Amerika harbiy kemasini Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Sisha orollari suvlariga noqonuniy bostirib kirganlikda aybladi. Bu haqda Xalq ozodlik armiyasining janubiy zona jangovar qo‘mondonligi matbuot kotibi Tyan Szyunli ma’lum qilgan. 

“AQSHning “USS Benford” raketa esminetsi bugun, 13 iyul kuni Xitoy hukumatining ruxsatisiz Sisha arxipelagining (Parasel orollari) hududiy suvlariga noqonuniy ravishda kirib keldi”, deydi u. 

Szyunlining so‘zlariga ko‘ra, AQSH harbiylarining ushbu harakatlari Xitoy suvereniteti va xavfsizligiga, Janubiy Xitoy dengizidagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadi, xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy normalarini buzadi. 

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, ushbu harakatlar Qo‘shma Shtatlar Janubiy Xitoy dengizini harbiylashtirishga urinayotganining yana bir kuchli dalilidir. 

Aytish joizki, o‘nlab yillar davomida Pekin Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan shelfidan uglevodorodlarning katta zaxirasi topilgan Janubiy Xitoy dengizidagi orollarning hududiy egaligi to‘g‘risida bahslashmoqda. Gap birinchi navbatda Sisha arxipelagi (Parasel orollari), Spratli va Xuan’yan orollari (Skarboro rifi) haqida bormoqda. 

Vaziyat ko‘pincha amerikalik harbiy kemalarning bahsli suvlarda suzishi fonida murakkablashadi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, bu xalqaro huquqni buzadi va mamlakat suvereniteti hamda xavfsizligiga putur yetkazadi. Biroq, Vashington Xitoyning noroziliklariga qaramay, AQSH xalqaro qonunlar bilan ruxsat berilgan joyda “suzishi va uchishi” mumkinligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

259

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing