Xitoy AQSH va Kanadaga qarshi sanksiyalar joriy etdi
Olam
−
27 mart 2021
6540Xitoy Xalq Respublikasi hukumati bir qator amerikalik va kanadalik amaldorlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida xabar berilgan.
Vazirlikda ushbu qarorga AQSH va Kanada tomonidan “22 mart kuni Shinjonda tegishli jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan mish-mishlar va noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida bir tomonlama sanksiyalar joriy etilishi” sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Sanksiyalar joriy etilgan shaxslar ro‘yxati quyidagicha:
- Geyl Manchin, AQSHning xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi raisi;
- Komissiya raisining o‘rinbosari Toni Perkins;
- Kanada parlamentining Konservatorlar partiyasi deputati Maykl Chong.
Bundan tashqari, Kanada Hamjamiyatlar palatasining Xalqaro aloqalar va rivojlanish bo‘yicha doimiy qo‘mitasining Xalqaro inson huquqlari bo‘yicha kichik qo‘mitasi sanksiyalar ostida qolgan.
Ma’lumot uchun, sanksiyalar ostida bo‘lgan shaxslar Xitoyga, shu jumladan Gonkong va Makaoga kira olmaydi. Xitoy fuqarolari va tashkilotlari ular bilan tijorat faoliyatini amalga oshira olmaydi.
LiveBarchasi