Xitoy AQSH mudofaa byudjetini tanqid qildi

Olam

image

Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolangan AQSHning 2023 yilgi mudofaa byudjetini tanqid qildi. Tegishli bayonot Xitoy tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi.

Xitoy rasmiylarining noroziligiga hujjatdagi Tayvanga nisbatan “yagona Xitoy” tamoyilini buzuvchi salbiy bandlar mavjudligi sabab bo‘lgan (Xitoyning yagona Xitoy hukumati mavjudligi haqidagi pozitsiyasini diplomatik tan olish, Tayvanni Xitoyning bir qismi sifatida tan olish). Bundan tashqari, qonun Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi uchta kelishuvning mazmuniga zid keladi.

“Qo‘shma Shtatlar Xitoyni ushlab turish uchun Tayvandan foydalanishni to‘xtatishi, soxtalashtirishni, “yagona Xitoy” tamoyilini buzishni to‘xtatishi hamda noto‘g‘ri va xavfli yo‘ldan borishni to‘xtatishi kerak”, deyiladi Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili bayonotida.

Ushbu akt faktlarni butunlay e’tiborsiz qoldiradi. “Xitoy tahdidi” mavzusini kuchaytiradi va Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol aralashadi, siyosatchilarning fikriga ko‘ra, bu mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Baydenning byudjetni imzolashiga javoban Xitoy tomoni o‘z suvereniteti, xavfsizligi va manfaatlarini ishonchli himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘rishga tayyorligini ma’lum qildi.

Ta’kidlash joiz, 23 dekabr kuni Bayden mamlakatning 2023 yil uchun yangi mudofaa byudjetini imzoladi. Davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larning umumiy hajmi 847,3 milliard dollarni tashkil etadi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

342

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing