Xitoy AQSH dollaridan voz kechyapti
Olam
−
13 mart 2022
68131Xitoy Osiyoda dollardan voz kechish (de-dollarizatsiya) jarayonini boshladi. Mintaqa davlatlari savdoda asta-sekin Amerika valyutasidan voz kechib, milliy valyutalardan foydalanmoqda. Bu haqda “Deutsche Wirtschafts Nachrichten” portali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, endi hukumatlar ma’lum bir valyutada shartnoma tuzadi. Ularning rejasi dollardan voz kechishda maksimal muvaffaqiyatga erishgan Xitoyning faoliyatiga asoslangan.
Xabarga ko‘ra, transchegaraviy savdoda bunday operatsiyalarga o‘tish bo‘yicha kelishuvlar allaqachon Yaponiya, Indoneziya, Tailand, Malayziya, Indoneziya va Filippin tomonidan imzolangan.
Kelajakda Xitoy dollardan voz kechib, yuanni jahonning zaxira valyutasiga aylantirishi mumkin.
LiveBarchasi