Xitoy AQSH ayblovlariga javoban qarshi sanksiyalar joriy qildi

Olam

image

Pekin Xitoyning Tibet avtonom rayonida inson huquqlari buzilgani haqidagi da’volarga javoban ikki AQSH fuqarosiga qarshi javob sanksiyalarini joriy qildi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan hujjatga ko‘ra, AQSH sobiq davlat kotibi Maykl Pompeoning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan Yuy Maochun va Kongressning Xitoy bo‘yicha Ijroiya qo‘mitasining kadrlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Todd Steyn cheklovlar ostida qolgan.

“9 dekabr kuni Qo‘shma Shtatlar “Tibetdagi inson huquqlari muammosi” bahonasida Xitoyning ikki amaldoriga noqonuniy sanksiyalar kiritdi. Xitoy Yuy Maochun va Todd Steynga qarshi sanksiyalarni joriy etishni qabul qildi”, deyiladi bugun, 23 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Shimoliy Amerika va Okeaniya departamenti tomonidan chop etilgan hujjatida.

Xitoy hukumati mamlakat hududida sanksiyaga tushganlarning ko‘char va ko‘chmas mulklarini, shuningdek, boshqa turdagi mulklarini “muzlatadi”. Xitoy yuridik va jismoniy shaxslariga ushbu AQSH fuqarolari bilan har qanday bitimlar tuzish taqiqlanadi. Bundan tashqari, ular va ularning yaqin qarindoshlari XXRga kirishlari taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 9 dekabr kuni AQSH hukumati Xitoyning Tibet avtonom rayonida inson huquqlarini poymol qilish bahonasida ushbu mintaqa partiya qo‘mitasining sobiq kotibi U Insze, shuningdek, mahalliy jamoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Chjan Xonboga qarshi sanksiyalar kiritgandi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing