Xitoy Putin bilan AQSH hukmronligiga qarshi til biriktirgan – OAV

Olam

image

Xitoy hukumati allaqachon Ukrainaga bostirib kirgan Rossiyaga iqtisodiy va moliyaviy yordam berishga qaror qilgan. Ular uchuvchisiz samolyotlarni ham yetkizib berishi mumkin. Bu haqda “The Guardian” nashri Amerika va Xitoy delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar tayanib, xabar berdi.
 
Xitoy tomonining ta’kidlashicha, Vashington Xitoydan Rossiyaga qurol eksport qilmaslik yoki Xitoy-Rossiya savdosini to‘xtatmaslikni talab qilishga haqqi yo‘q. 

“Bu yerda asosiy narsa Xitoyni o‘z pozitsiyasini qayta baholashga undashdir. Biz muzokaralarda qayta baholash belgisini ko‘rmayapmiz. Ular Rossiyaga allaqachon iqtisodiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaror qilgan”, deydi muzokaralardan xabardor bo‘lgan ismini yashirgan AQSH rasmiysi.

CNN nashrining qayd etishicha, Pekin Moskva bilan hamkorlikka jiddiy yondashadi, chunki bunday tashabbus Xitoy rahbari Si Szinpindan chiqqan. Xitoy va Rossiya Prezidentlari go‘yoki AQSHning global hukmronligi davrini tugatishga qat’iy qaror qilgan.

“Bu haqiqatan ham Si Szinpinning loyihasi. U Rossiya bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilish orqali AQSHning hukmronlik davrini tugatmoqchi”, degan yashirin manba. 

Avvalroq, “Financial Times” nashri AQSHdagi manbalariga tayanib, Rossiya Ukrainada maxsus operatsiya o‘tkazish uchun yordam so‘rab Xitoyga murojaat qilganini yozgan edi. Kreml bunday ma’lumotni rad etdi, Xitoy rasmiylari ham ular betaraflikka rioya qilishlarini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaga nisbatan qo‘llanilayotgan sanksiyalarni chetlab o‘tib, o‘z mahsulotlarini hamon Moskvaga yetkazib berishda davom etayotgan Xitoy kompaniyalarini qattiq ogohlantirgan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

810

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing