Xitoy Afg‘onistonning tarafini olib, AQSHni ogohlantirdi

Olam

image

10 yanvar kuni, Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQSHga Afg‘onistonning muzlatilgan boyliklarini qaytarish va unga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishini talab qilib, bayonot bilan chiqqan. 

Bunga sabab, Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining Bosh vazir o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Birodarning AQSH ustidan shikoyati bo‘lgan. Unga ko‘ra, Afg‘oniston bo‘ylab kuzatilayotgan qishki yog‘ingarchiliklar va sovuq oziq-ovqat va kiyim-kechakka muhtoj afg‘on xalqining ahvolini yanada og‘irlashtirgan. AQSH joriy qilgan sanksiyalar esa mamlakat iqtisodi uchun jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. 

Xitoy TIV Matbuot kotibi Vang Venbin Afg‘onistondagi vaziyat haqida izoh berar ekan, xitoy xalqi qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan afg‘onlar tomonida ekanini bildirgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etgan bo‘lsa-da, uni 20 yil davomida ishg‘ol qilgani sababli yuzaga kelgan og‘ir oqibatlar davom etmoqda va borgan sari jiddiylashmoqda.

“Biz AQSH tomonini o‘z xatolarini chuqur o‘ylab ko‘rishga, o‘ziga tegishli xalqaro mas’uliyatni bajarishga va Afg‘onistonga qarashli aktivlarni qaytarib, joriy qilgan bir yoqlama sanksiyalarini imkon qadar tezroq bekor qilishga chaqiramiz”, degan Vang o‘z nutqida.

Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, rasmiy Pekin Vashingtonni afg‘on xalqiga yetkazgan zararlarini qoplash uchun choralar ko‘rishga chaqirgan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

427

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing