Xitoy aholisi koronavirusga qarshi bepul emlanadi

Olam

image

Xitoy aholisi vaksinalar ommaviy ravishda tasdiqlanishi bilanoq koronavirusga qarshi bepul emlanishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda bugun, 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Szen Isin ma’lum qildi.

“Hukumatlar COVID-19 ga qarshi emlashni targ‘ib qilish uchun xarajatlarni tashkil etish va taqsimlashni kafolatlayd. Emlanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday harajat qilinmaydi”, deydi Szen Isin.

Uning ta’kidlashicha, emlash paytida ba’zi joylarda aholidan emlash uchun pul undirilgan holatlar aniqlangan, shundan so‘ng buyruq e’lon qilingan. Unga ko‘ra, ushbu holat tezkorlik bilan tuzatilishi kerak edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing