XIII Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Biznes

image

Bugun, 23 sentyabr kuni “O‘zbekfilm” kinokonsernida “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berishdi.

O‘zbekistonning bir qator shaharlarida asosan, yoshlarning iste’dodini namoyon etishga qaratilgan festival yangi, yorqin va innovatsion formatda o‘tkaziladi. Shu bilan birga, anjumanda xorijlik ijodkorlar bilan ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot ham bo‘lib o‘tdi. 

Matbuot anjumani davomida kinofestival ochilish marosimi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida tashkil etilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, festival doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Kinofestivalga tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborilgan bo‘lib, yosh kinoijodkorlar uchun “Kino 5 kunda” ijodiy tanloviga start berilganligi, xorijlik taniqli kinoijodkorlarning tashrifi, yangicha ko‘rinishda ta’mirlangan “O‘zbekfilm” kinokonserni va boshqa lokatsiyalar ochiqlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro  kinofestivali qayta tiklandi. Mazkur anjumanni muntazam ravishda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror joriy yilning 19 iyun kuni imzolangan.

Yilning eng shov-shuvli tadbiri bo‘lishi kutilyotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro  kinofestivalining tantanali ochilish marosimi xalq orasida “Panorama” nomi bilan mashhur bo‘lgan Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida o‘tkaziladi. Binoda yirik kinozal, konferensiya va tadbirlar zali ochiladi.

Ochilish marosimida milliy va jahon kinosi hamda estradasining yorqin yulduzlari ishtirok etishadi. Kinoteatrdan “Kino tarixi” muzeyi ham ochilib, uning devorlarida o‘zbek kinosi o‘tmishini o‘zida aks ettirgan nodir eksponatlar, afishalar joy oladi.

Kinofestival doirasida ko‘plab namoyishlar, davra suhbatlari, mahorat darslari, tanlovlar hamda taniqli yulduzlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made