Xersondagi Antonov ko‘prigi portlatib yuborildi (video)

Olam

image

Dneprdagi Antonov ko‘prigi rus qo‘shinlari Xersondan olib chiqib ketilgandan so‘ng portlatib yuborildi. Bu haqda VGTRK muxbiri Andrey Rudenko o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Andrey Rudenko portlash tasvirini kanaliga joylagan.

Shuningdek, "Komsomolskaya pravda" gazetasi muxbiri Aleksandr Kots ham portlatilgan Antonov ko‘prigining videosini e’lon qilgan. Kadrlarda ko‘prikning ikki qismi qulaganini ko‘rish mumkin.

“Ehtimol, u rus guruhining o‘ng qirg‘oqdan chap qirg‘oqqa chekinishi paytida portlatilgandir. Endi narigi tomonda bizning qo‘shinlarimiz yo‘q. Dushman, aftidan, hali bu ko‘prikga narigi tomondan yaqinlashgani yo‘q”, deydi Kots.

Xerson viloyati hukumati rahbari Sergey Yeliseyev  portlash haqidagi ma’lumotni rad etib, ko‘prik bir xil holatda ekanini aytgan.

Ma’lumot uchun, Antonov ko‘prigining uzunligi taxminan 1,4 km, kengligi 25 m. U Xersonni Dneprning chap qirg‘og‘i bilan bog‘laydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

604

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing