Xelena Freyzer O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 22 iyul kuni BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer mamlakatdagi missiyasini yakunladi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.

1 sentyabrdan Freyzer xonim BMTning Dasturlar va siyosat boshqarmasi rahbari, BMTning 132 mamlakatdagi agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida yangi lavozimga kirishadi (BMTning Nyu-Yorkdagi shtab kvartirasida).

Xelena Freyzer 2017—2021 yillarda O‘zbekistondagi faoliyati davomida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondining tashkilotchilari qatorida bo‘ldi. Xususan, u BMTning yuqori darajadagi rasmiylari va donor davlatlar vakillari ishtirokida Fondni rasmiy ravishda ishga tushirilishida muhim rol o‘ynadi. To‘rt yil davomida Fond Yevropa Ittifoqi, Koreya va Finlyandiyaning 20 million AQSH dollaridan ziyod mablag‘larini jalb qila oldi.

Xelena Freyzer, shuningdek, BMT tizimlarining O‘zbekistondagi konstruktiv ishtirokini kengaytirishga ko‘maklashdi, jumladan, uning ko‘magida Qochqinlar bo‘yicha Oliy Komissarning O‘zbekistondagi vakolatxonasi qayta faoliyat boshladi, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochildi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti O‘zbekistonda rasman akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Freyzer xonim mamlakatdagi faoliyati mobaynida O‘zbekistonning va Prezident Shavkat Mirziyoyevning inson huquqlari, yoshlar siyosati, gender tenglik, so‘z erkinligi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik berish masalalarini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatladi.

Xelena Freyzer “Yuksalish” umummilliy harakatining faxriy a’zosi bo‘ldi va unga a’zolik sertifikati taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing