Xayrulla Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona shahrida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Unda Prezidenti ham ishtirok etyapti.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Xayrulla Bozorov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Xayrulla Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlandi. U 2020 yil 25 sentyabrdan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchisi edi.

Xayrulla Bozorov mehnat faoliyatini 1995 yilda soliq inspektori sifatida boshlagan. 2007-2015 yillarda Namangan viloyati hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Uchqo‘rg‘on, Chust va Mingbuloq tumanlari hokimi bo‘lib ishlagan. 2015-2020 yillarda Namangan viloyatini hokimi bo‘lgan. O‘tgan yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing