Xaydarov va hamtovoqlarining “Tashkent city”da uylari bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, DXX tomonidan qo‘lga olingan Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Xaydarov, prokurori Q.Asqarov, XTB mudiri A.Mirkamilov va ularning 40 ga yaqin jinoiy sheriklari joriy yilning 26 dekabr kuni bo‘lib o‘qilgan sud hukmiga ko‘ra, har biri 10,5 yilgacha bo‘lgan muddatlarga qamoq jazolariga hukm qilindi.

Qayd etilishicha, ular tomonidan o‘marilgan 67 mlrd so‘m mablag‘ning tergov davomida 16 mlrd so‘m qismi pullar ko‘rinishida va 10 mlrd so‘m qismi ko‘chmas mulk (“Tashkent city”dagi yangi xonadonlar) hamda qimmatbaho buyumlar (xorijiy avtomashinalar va tilla taqinchoqlar) ko‘rinishida davlat hisobiga undirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 dekabr kuni Farg‘ona viloyat sudi binosida sobiq Andijon shahar hokimi Bahrom Xaydarov (1972 yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, Andijon viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i), Andijon shahar XTB markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatida bosh hisobchi lavozimida ishlagan S.Yulchiyeva (1976 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan), sobiq Andijon viloyat prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi K.Asqarov (1982 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, Andijon shahar prokurori lavozimiida ishlagan), sobiq Andijon viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Mullajanov (1983 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan),sobiq Andijon viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasining mahalliy byudjet daromadlarini rejalashtirish va byudjetlarini shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Xoshimov (1990 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan) va boshqalar (jami 45 nafar sudlanuvchi) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi e’lon qilingan. 

Ushbu jinoyat ishi Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi A. Utayev raisligida hamda sudyalar O. Arabov va Sh. Sherkulovdan iborat sud tarkibda birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilgan.

Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2022 yil 26 dekabrdagi hukmiga ko‘ra:

Bahrom Xaydarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Xaydarovga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi hamda 61-moddasi tartibida tayinlangan jazoga jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudining 2022 yil 13 dekabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazo to‘liq qo‘shilib, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 350 baravari, ya’ni 85 750 000 so‘m jarima jazosi tayinlangaan.

S. Yulchiyeva Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. S. Yulchiyevaga Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining hukmi bilan tayinlangan 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilish va 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosining o‘talgan 9 oy 10 kun muayyan huquqdan mahrum qilish va 9 oy 3 kun axloq tuzatish (3 oy 3 kun uy qamog‘ida o‘tirgan muddati o‘talgan hisobidan qo‘shiladi) ishlari jazosi, tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 2 yil 2 oy 20 kun mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 11 oy 26 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘tash uchun qoldirildi.

K. Asqarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 10 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

F. Mullajanov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil  mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sh. Xoshimov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil  mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Qolgan 40 nafar sudlanuvchi sodir qilgan jinoiy harakatlari doirasida tegishliligi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167, 168, 205, 207, 208, 209, 211, 28,211, 228 va 243 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga 4 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 yilgacha ozodlikni cheklash hamda 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish jazolari tayinlangan.

Jinoyat oqibatida yetkazilgan 63 mlrd so‘mdan ziyod miqdoridagi moddiy zararning 16 mlrd so‘mdan ortig‘i qoplangan bo‘lib, zararning qolgan qismini sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilangan.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing