Xavi “el-klasiko”gacha Amerikaga boroladimi?

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida mavsumoldi mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Kataloniyaliklar bugun, 19 iyul kuni “Inter Mayami”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Biroq “ko‘k anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi Ernandes ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “As” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xavi olish uchun ariza topshirgan vizaning maksimal kutish vaqti 72 soatni tashkil qiladi. Shu sababli “Barsa” ustozi 20 iyul kuni Ispaniyadan Mayamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bilan uchib borishni mo‘ljallab turibdi. Agar Xavi AQSHga kirishga ruxsat oladigan bo‘lsa, “ko‘k anorranglilar”ning Las-Vegas bo‘ylab sayohatiga qo‘shilishi mumkin. Aynan Las-Vegasda Kataloniya klubi “Real Madrid”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Hammasi rejadagidek davom etsa, “el-klasiko”da “Barselona”ni Xavining o‘zi maydonga boshlab tushadi.

Qayd etilishicha, “Barselona”ni “Inter Mayami”ga qarshi uchrashuvda Xavining akasi Oskar Ernandes boshqaradi. 

Eslatib o‘tamiz, Xavi futbolchilik faoliyatini Qatarning “Al-Sadd” klubida yakunlagan. Ernandes aynan mana shu jamoaning sharafini himoya qilayotganda Eron mamlakatiga uch marta tashrif buyurgan. Shuning uchun unga Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirishga ruxsat berilmagandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing