Xavi “Barselona” tarkibida sakkiz nafar yangi futbolchini ko‘rmoqchi

Sport

image

Xavi “Barselona” rahbariyatiga klubda ko‘rmoqchi bo‘lgan futbolchilaring ro‘yxatini taqdim etdi. Bu haqda “Catalunya Radio”  xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xavining ro‘yxatiga sakkiz nafar futbolchi kiritilgan. Bular yarim himoyachi Frank Kessie (“Milan”), himoyachilar Andreas Kristensen, Sezar Aspilikuyeta, Markos Alonso (barchasi “Chelsi”), hujumchi Robert Levandovski (“Bavariya”), vinger Rafinya (“Lids”), himoyachi Jyul Kunde (“Sevilya”) va yarim himoyachi Bernardu Silva (“Manchester Siti”).

Oldinroq “Barsa” o‘z klublarini erkin agent sifatida tark etadigan Kessie va Kristensen bilan allaqachon kelishib olgani, ammo hozircha klub moliyaviy muammolar tufayli ularni ro‘yxatdan o‘tkaza olmagani ma’lum bo‘lgandi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing