Xavi “Barselona”ga qaytadi. Faqat...
Sport
−
04 oktabr 2019 6502 1 daqiqa
Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq futbolchisi, hozirda Qatarning "Al Sadd" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Barselona"ni boshqarishi mumkin.
"Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ernesto Valverde iste’foga chiqarilgan taqdirdagina Xavi jamoaga olib kelinishi mumkin.
Xavi sobiq jamoasiga o‘tishga rozilik bergan va kataloniyaliklarning transfer kompaniyasini rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Xavi Ernandes 1980 yilda Ispaniyaning Kataloniya muxtor o‘lkasi poytaxti Barselona shahrida tug‘ilgan.
Futboldagi faoliyati davomida 1998-2015 yillarda "Barselona"da o‘ynagan. U 2015 yil 11 iyunida "Al-Sadda" futbolchisi sifatida tanishtirildi. Yarimhimoyachining shartnoma muddati murabbiy sifatida 3 yilga uzaytirildi. Xavining maoshi yiliga 10 million yevro edi.
Xavi joriy yildan e’tiboran "Al Sadd"ni boshqarib kelmoqda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr