Xavi “Barsa” o‘yinchilariga yangi cheklovlar joriy qildi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes bugun, 9 noyabr kuni “ko‘k anorranglilar” bilan birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi. AS nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklarning yangi ustozi jamoa futbolchilari uchun bir qancha yangi qoidalar kiritdi.

Manbaga ko‘ra, endi futbolchilar bazaga mashg‘ulot boshlanishidan bir yarim soat oldin yetib kelishlari kerak. Shuningdek, ular diyetologning tavsiyalariga rioya qilgan holda ovqatlanishlari shart.

Qolaversa, Xavi o‘sib boradigan jarimalarni ham kiritdi. Misol uchun, agar futbolchi birinchi marta mashg‘ulotlarga kechiksa, u 100 yevro to‘laydi. Takroriy qoidabuzarlik uchun 200 yevro, uchinchisi uchun - 400 yevro va hokazo.

Uchrashuv boshlanishiga ikki kun qolganda futbolchilarga yarim tundan kechroq uyga qaytishi taqiqlanadi. Xavi futbolchilarni ekstremal sport turlari (masalan, syorfing) bilan shug‘ullanishi taqiqladi.

Jamoa a’zolari bazada ko‘proq vaqt o‘tkazadi, shuningdek mutaxassislarsiz shaxsiy mashg‘ulot o‘tkazish ham taqiqlanadi.

Qayd etish joizki, Xavi futbolchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi harakatlarini ham nazorat qilmoqchi. Uning fikricha, tarmoqda o‘ta faol bo‘lish, o‘yinchini mashg‘ulotdan chalg‘itadi.

Ma’lumot o‘rnida, Xavi “Barselona” boshqaruvidagi ilk o‘yinini 20 noyabr kuni o‘tkazadi, o‘shanda “ko‘k-anorranglilar” “Espanol”ga qarshi o‘ynaydi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing