Xavi “Barsa” rahbariyatidan qaysi futbolchi transferini so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi “Borussiya Dortmund” hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirayotgani to‘g‘risidagi xabarlar biroz kamaydi.  Sababi “ko‘k anorranglilar” ustozi Xavi Xolandning o‘rniga muqobil variant sifatida Robert Levandovski, Romelu Lukaku va Muhammad Salohni transfer qilish masalasini “Barselona” rahbariyati oldiga ko‘ndalang qo‘ymoqda. Xavining o‘ziga esa Saloh namoyish qilayotgan futbol juda ma’qul kelmoqda.  Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Manbaning qayd etishicha, Muhammad Salohning o‘zi ham Xavi boshchiligidagi “Barselona”ning o‘yiniga befarq emas.

Misrlik futbolchining “Liverpul” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. “Qizillar” rasmiylari Muhammad Saloh bilan kelishuvni uzaytirish borasidagi muzokaralarni boshlab yuborgan, biroq tomonlar yangi bitim shartlari bo‘yicha haligacha bir qarorga kela olishmayapti.

Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Liverpul” safida barcha musobaqalr doirasida, 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali Muhammad Salohni 100 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing