Xanchjou 2022. O‘zbekistonlik para sportchilar yana beshta medalga ega chiqdi
Sport
−
26 Oktabr 2023
3968Bugun, 26 oktyabr – Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan VI yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 4-kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilar mamlakat delegatsiyasi hisobiga 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi.
Para suzish bo‘yicha S13 klassida 100 metrga chalqancha usulda suzish bahslarida final bellashuvlari yakunlandi.
E’tiborlisi, unda ishtirok etgan ikki nafar o‘zbekistonlik ham shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi. Kiril Pankov oltin, Muzaffar Tursunxo‘jayev esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Para velosportning erkaklar o‘rtasida 19 km masofaga o‘tkazilgan shosse poygalarida o‘zbekistonlik Boymurod Yavqochev bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasidagi F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Bobur Omonov 13.14 metr natija bilan Para Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi