Xamzat Chimayev o‘zini rosa “ko‘klarga ko‘tardi”

Sport

image

Shvetsiyalik  Xamzat Chimayev o‘zi eng kuchli UFC jangchisi ekanini iddao qildi. U o‘ziga qarshi chiqqan barcha raqiblarini sindirmoqchi. Bu haqda Hamzat Chimayevning so‘zlariga tayanib, “Sports” nashri xabar berdi.

“Men chempionman, qirolman. Myen dunyodagi zo‘r va eng kuchli jangchiman. Men hammani sindiraman. Menga o‘xshagan jangchi yo‘q. Berns juda sekin harakat qiladi. Bu uning jamoasiga ham tegishli. Gilbert va uning murabbiyi juda zaif. Men Berns uchun juda kuchli va tezkorman. Menda cheksiz kuch, chidamlilik va ajoyib murabbiy bor. Biz tog‘larni ko‘chirishga tayyormiz”, degan Chimayev.

Ma’lumot o‘rnida, UFC’ning yengil o‘rta vazn toifasida hali mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan Xamzat Chimayev  joriy yilning 10 aprel kuni braziliyalik Gilbert Bernsga qarshi oktagon chiqadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing