Xames Rodriges Shomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Sport

image

Kolumbiya terma jamoasi va Qatarning “Al-Rayyan” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges Rimning “Roma” jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “As” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Rodriges Yevropa chempionatlaridan biriga qaytishga qat’iy qaror qilgan. “Roma” uning uchun eng yaxshi variantlardan biridir, chunki jamoani portugaliyalik Joze Mourino boshqaradi.

Avvalroq, Braziliyaning “Botafogo” klubi “Al-Rayyan”ning Rodriges uchun 5 million dollarlik talabini qondirishga to‘liq tayyorligi xabar qilingandi. Biroq Hamesning o‘zi Braziliyaga ko‘chib o‘tishni istamaydi va u faoliyatini Yevropada davom ettirishni afzal ko‘rmoqda. “Roma” bilan Rodrigesning agentlari potensial transfer bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Agar “Al-Rayyan” futbolchisi “bo‘rilar” safiga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov bilar biraglikda o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Xames Rodriges Kolumbiya terma jamoasi safida 86 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urgan. 2014 yil Braziliya yashil maydonlarida o‘tkazilgan Jahon chempionatida Xames 5 ta gol kiritib, mundial qahramoniga aylagandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing