XTV ota-onalarga yana tavsiya bilan chiqdi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
9758Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari joriy yilning 14 sentyabridan ochilishi kutilyapti. Koronavirus infeksiyasi sabab ta’lim jarayoni an’anaviy va masofaviy usulda tashkil etiladi. Xalq ta’lim vazirligi masofadan bilim oluvchi o‘quvchilarning ota-onalariga tavsiya bilan chiqdi.
Unga ko‘ra, ota-onalar va o‘quvchilar odatiy kun tartibini belgilab, unga rioya qilishlari kerak (uxlash va uyg‘onish vaqti, darslarning boshlanish vaqti, ularning davomiyligi, “tanaffuslar” va boshqalar).
Vazirlikning ota-onalarga bergan tavsiyalariga ko‘ra:
• O‘zingizni xotirjam va vazmin tuting;
• bolalarning virusga oid savollariga javob berishdan qochmang;
• pandemiya holati va uning xavf-xatarlari haqida uzoq munozaralarga sho‘ng‘imang;
• Siz faqat sinf o‘qituvchisi va maktab ma’muriyatidan olgan rasmiy ma’lumotlarga amal qiling.
“Ushbu jarayonni tashkil etishda maktab ma’muriyati uchun ham vaqt talab etiladi, shuning uchun sizning bu vaziyatni tushungan holda munosabat bildirishingiz bebaho yordam bo‘lishi mumkin, bu esa ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi