Xalq ta’limi vaziri koronavirusga qarshi emlandi. Shermatov qaysi vaksinani tanladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazir Shermatov Toshkent shahridagi 47-son oilaviy poliklinikada koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1-bosqichi bilan emlandi.

Xabarga ko‘ra, bundan avval Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori va boshqalar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda AstraZeneca (CovieShield), “Sputnik V” hamda o‘zbek-xitoy vaksinalaridan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

237

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing