Xalq banki va “Dune Group Development” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
Biznes
−
25 aprel 3764 1 daqiqa
Bugun, 25 aprel kuni Xalq banki va “Dune Group Development” kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida tomonlar, “Bashkent– mening orzum” loyihasi bo‘yicha uy-joy sotib olishda qulay shartlar yaratish uchun hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Xalq banki ushbu loyiha doirasida mijozlarga “Bashkent” turarjoy majmuasidan xonadon xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa aholi uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay uy-joylarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Xalq banki tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy yordam shartlari tufayli, mijozlar o‘z uylari uchun qulay to‘lovlar bilan moliyaviy yukni kamaytirishi mumkin.

Xalq banki tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy yordam, uy sotib olish jarayonini osonlashtiradi va ko‘plab oilalar uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan foydalanishga ko‘maklashadi.
“Bashkent” turarjoy majmuasi – bu O‘zbekistonning eng zamonaviy va qulay turarjoylaridan biri bo‘lib, aholiga sifatli yashash sharoitlarini taqdim etadi.
Mazkur anglashuv memorandumining maqsadi – aholi uchun uy-joy olishni yanada arzon va qulay qilish, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalar orqali ko‘proq odamlarni o‘z uylariga ega qilish.
Instagram: http://instagram.com/xalqbankinfo
Telegram: http://t.me/xalqbankinfo
Facebook: http://fb.com/xalqbankinfo1
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi