Xalq banki nega bunday logotip tanlanganini izohladi

Biznes

17 sentyabr kuni Toshkent shahridagi “Poytaxt” biznes markazida Xalq bankining yangi logotipi va korporativ rangi yangilanishi – rebrending qilinishi yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Yangi logotip Amir Temur uzugidan andoza olgan holda ishlab chiqilgan. Asosiy logotipda unsurlar kuchi, davlatning qudrati va xalqimiz hayotiga xizmat qilishga intilish birlashtirilgan. Logotipdagi oltin rang boylik va ishonchlilikni, yashil rang esa bankning barqarorligi va shiddat bilan o‘sayotganini anglatadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Xalq banki O‘zbekiston bank tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanib, uning tarkibida 198 ta filial, 30 ta mini-bank va 900 ga yaqin jamg‘arma va maxsus kassalar faoliyat ko‘rsatmoqa.

Xalq banki tizimida jismoniy shaxslarga yanada sifatliroq xizmat ko‘rsatish maqsadida mikroqarz, yuqori foizli omonatlar, nafaqa-overdrafti, kobrending, kobeyjing va kredit kartalari kabi bir qator yangi mahsulotlarni joriy etmoqda.

Bank bugungi kunda 16 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Respublikamizning barcha hududlari aholisiga qulaylik yaratish maqsadida kechayu kunduz xizmat ko‘rsatish markazlari barpo etilmoqda, plastik kartalarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish uchun ayni paytda 500 dan ortiq bankomat va infokiosklar faoliyat yuritmoqda. Bank tomonidan yil oxiriga qadar yana 1000 ga yaqin bankomatlar olib kelinishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, “XALQ MOBILE” mobil ilovasi jismoniy shaxslarga bank ofislariga tashrif buyurmasdan masofadan turib turli bank amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatini bermoqda. 

Bundan tashqari, mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, bank xizmatlari ommabopligini oshirish hamda ularni optimallashtirish maqsadida 300 dan ortiq “Bank xizmatlari ofislari” ochilishi rejalashtirilgan.



Telegram: http://t.me/xalqbankinfo        
Facebook: https://m.facebook.com/xalqbankinfo
Instagram: http://instagram.com/xalqbankinfo

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing