Xalq banki, Milliy bank va Asaka bankdagi korrupsion holatlar bo‘yicha jinoiy ish ochiladi
Jamiyat
−
10 fevral 2022 16311 1 daqiqa
Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ini ishdan olinadi. Bugun, 10 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga safari yakunlari bo‘yicha jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishida shunday ko‘rsatma berdi.
Yig‘ilishda banklarda korrupsiya evaziga kredit berish holatlari ko‘pligi hamda qaytarilmayotgan kreditlar hajmi yuqoriligi aytib o‘tildi. Shuningdek, Milliy bank, Xalq banki va Asaka bankdagi holatlar bo‘yicha jinoiy ish ochilishi ma’lum qilindi.
“Biz islohotlar qilyapmiz. Odamlar hayotini yaxshilash uchun qarorlar chiqarilyapti. Xalqimiz oldida, xalqaro hamjamiyat oldida ochiqlik, erkinlikni ta’minlash uchun harakatdamiz. Odamlarni rozi qilish haqida gapirib turganimda rahbarlarning o‘zini o‘ylab, nopok ishlar qilishiga yo‘l qo‘ymayman”, dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy bankning Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i Otabek To‘xtayevni ishdan olish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shuningdek, viloyatning bir necha tuman hokimlari mansabni su’iste’mol qilgani, faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlangani uchun ishdan olindi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr