Xalq banki aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilini kamaytirmoqda  

Biznes

image

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan 29 may kuni “Bank faoliyatida zamonaviy axborot-texnologiyalarini yanada keng joriy etish, elektron bank xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish masalalari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. 


Anjumanda Xalq banki tomonidan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amaliyotga joriy etilgan yangi xizmat turlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, mijozlar o‘z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishlari mumkin bo‘lgan  “Internet banking, hisob-raqamlarni mobil aloqa vositasiga o‘rnatilgan maxsus dasturiy ta’minot orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarish imkonini beruvchi — “Korporativ Mobil banking” xizmat turlari tanishtirildi. 


Bundan tashqari mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda bank tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy interaktiv xizmatlarni jozibadorligini oshirish maqsadida “Internet banking” va “Korporativ Mobil banking” tizimlari foydalanuvchilari xisob raqamlaridan pul o‘tkazish jarayonida filial bosh buxgalteri ishtirokisiz xamda filial vakillik hisob raqamidagi mablag‘lar bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy nazar amalga oshirishlari mumkin. 


Anjumanda ta’kidlanishicha, bugungi kunda Xalq banki tomonidan 30 mingdan ortiq mijozga masofadan turib, turli bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. 


Ta’kidlash lozimki, Xalq bankida mijozlarga hisob raqam ochish, korporativ mobil bankning hamda Internet bankning xizmatlaridan foydalanish mutlaqo bepul amalga oshirilmoqda. 
Umuman olganda Xalq banki tomonidan 20 mingdan ortiq mijozga masofadan turib, turli bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. 

Shuningdek, Xalq banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan “Xalq Mobile” mobil ilovasidan doimiy foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Ushbu ilovada plastik kartalar bo‘yicha kartadan kartaga pul o‘tkazish, kredit so‘ndirish, kommunal to‘lovlar to‘lash, konversiya amaliyotlarini bajarish funksiyalari yaratilgan. 

- Joriy yilning 1 may holatida “Xalq mobile” ilovasi yordamida kommunal to‘lovlar bo‘yicha qariyib 700 mln. so‘m, konversiya operatsiyalari bo‘yicha 10 mln. AQSH dollaridan ortiq, kartadan kartaga pul o‘tkazish bo‘yicha 1,2 trln. so‘m, kredit so‘ndirish bo‘yicha 1,3 trln. so‘mlik amaliyotlar bajarilgan, - deydi AT Xalq bank Axborot texnologiyalari departamenti direktori Ulug‘bek Diyarov.


Xalq banki tomonidan elektron bank xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida yaqinda Tezkor xizmatlar markazi ishga tushirildi. Ushbu markazda yurtimiz moliya bozori talabidan kelib chiqib, zamonaviy bank xizmat turlari ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. Ushbu markazda tajribali xodimlar moliya bozori talabidan kelib chiqib, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda yangi bank xizmat turlarini ishlab chiqadi. 


Matbuot anjumani davomida jurnalistlar Xalq banki tomonidan tashkil etilgan ushbu markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. 

 

Rasmiy saytxb.uz
Telegramhttps://t.me/xalqbankinfo

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing