Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari inflyatsiya borasida taxminlarini aytdi

Olam

image

Dunyoda inflyatsiyaning global darajasi, ehtimol, joriy sikldagi eng yuqori nuqtaga yaqinlashmoqda. Natijada iste’mol narxlarining o‘sishini kerakli darajaga tushirish qiyin bo‘ladi. Bu haqda bugun 7-noyabr kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi .

“Ma’lumotlar e’lon qilinmasidan oldin gapirishni istamas edim, lekin biz cho‘qqiga yetgan bo‘lishimiz mumkin. Endi, ko‘rib turganimizdek, markaziy banklar inflyatsiyaga qarshi kurash ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida ancha qat’iy pozitsiyani egallab turibdi va bu to‘g‘ri”, deydi Georgiyeva.

Bu haqda u agentlikka Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (COP-27) ishtirokchilarining 27-konferensiyasida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha oy yoki bir yildan keyin inflyatsiya qanday bo‘lishini aytish qiyin. XVJ iqtisodchilari inflyatsiyani “kerakli 2% darajasiga tushirish qiyin bo‘ladi”, deb hisoblaydi Georgiyeva.

Shu munosabat bilan u inflyatsiyani yengib o‘tish uchun ikki tomonlama harakat qilish kerakligini ta’kidladi - markaziy banklar va mamlakatlar tomonidan yetkazib berish zanjirlarini diversifikatsiya qilishni ta’minlaydi.

Oktyabr oyida e’lon qilingan XVJ hisobotida aytilishicha, global iqtisodiy o‘sish 2021 yildagi 6 foizdan 2022 yilda 3,2 foizgacha pasaygan.
2023 yilda esa u 2,7% gacha pasayishi kutilmoqda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, global inflyatsiyaning o‘sishi 2021 yilda 4,7% ni tashkil etdi. 2022 yilda esa bu ko‘rsatkich 8,8% ga yetgan va keyinchalik yana pasayishi mumkin.

Masalan, 2023 yilda 6,5% gacha va 2024 yilda 4,1% gacha pasayish ehtimoli mavjud.

Quvonchbek G‘aybullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing