Xalqaro parvozlar 2020 yilning sentyabrigacha sezilarli ravishda qisqaradi

Olam

image

Xalqaro yo‘lovchi tashish hajmi 2020 yil sentyabrgacha koronavirus pandemiyasi fonida uchdan ikki qismga qisqarishi mumkin. Bu haqda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (XFA) xabar bermoqda.

Yo‘lovchilar soni 1,2 milliardga kamayishi kutilmoqda, deyiladi tashkilot xabarida. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, yo‘lovchilar oqimi 2020 yilning birinchi uch choragidagi oldingi prognozlarga nisbatan uchdan ikki qismga kamayadi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab barcha turdagi xalqaro reyslar bekor qilindi. Ayrim yirik kompaniyalar samolyotlarning ichki qismiga o‘zgartirish kiritib, ularni yuk samolyotlariga aylantirmoqda. Reyslarning bekor bo‘lishi yoyeilg‘iga bo‘lgan ehtiyojning pasayib ketishiga sabab bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, so‘nggi kunlarda neft bilan bog‘liq muammolarni yuzaga chiqardi.

Prognozlarga ko‘ra, AQSH, Rossiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, BAA kabi rivojlangan davlatlarning fuqarolik aviatsiyasi o‘tgan yilning shu davrlariga nisbatan deyarli 42-43 foiz zarar ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Xalqaro

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar