Xalqaro konferensiya sabab Toshkentdagi ayrim yo‘llar yopiladi
Jamiyat
−
11 iyul 2021 6536 1 daqiqa
Joriy yilning 15 va 16 iyul kunlari poytaxt Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Konferensiyada 400 dan ortiq xorijiy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda. Shu sababli, ayrim yo‘llarda avtotransport harakati cheklanadi.
Tadbirni o‘tkazish jarayonida 15 va 16 iyul kunlari “Tashkent city” majmuasi atrofidagi quyidagi yo‘llar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopiladi.
- Islom Karimov ko‘chasi: Turob To‘la ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Furqat ko‘chasining mahalliy yo‘li: Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;
- Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Shuningdek, ushbu ko‘chalarga tutash yo‘llarda harakatlanish vaqtincha cheklanishi mumkin.
Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025