Xalqaro qidiruvga berilgan ikki o‘zbekistonlik Koreyadan ekstraditsiya qilindi

3-sahifa

image

Katta miqdorda firibgarlikda ayblangan ikki O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Joriy yilning oktyabr oyida Seul shahrida O‘zbekistondagi Interpol MMB, Toshkent viloyati IIBB va Janubiy Koreyaning Interpol MMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruvga berilgan 1991 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan. U O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 2-qismi bilan belgilangan og‘ir jinoyatlarni sodir etgan.

Olingan ma’lumotlarga asosan, Seulda xizmat safarida bo‘lgan O‘zbekistonning Interpol MMB va Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi 1957 yilda tug‘ilgan J.N. qo‘lga olingan. 2016 yilda J.N. fuqarolar ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan Toshkent shahridan ko‘chmas mulk xaridida yordam berishini va’da qilib, ulardan olgan pullarni majburiyatlarini bajarmay o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Bugungi kunda muzokaralar va O‘zbekistondagi Interpolning MMB hamda Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi ikkala shaxs ham qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasiga topshirilgan va endi ular qilmishlari uchun sudda javob berishlariga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

308

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing