Xalqaro brend tovarlarini import qiluvchilar reyestri shakllantiriladi
Jamiyat
−
10 mart 2023 3565 2 daqiqa
O‘zbekistonda Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu hukumatning 99-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Qaror nizomiga ko‘ra, reyestrga kirish uchun ariza beruvchi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga ariza yuboradi.
Arizaga, jumladan, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- ariza beruvchi xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- mahsulot yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan import shartnomalari;
- tovarlarning sifati yoki xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- tovarning kelib chiqish mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki ma’lumot.
Ariza qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Ariza beruvchini va xalqaro brendlar tovarlarining Reyestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat 1 yil amal qilish muddati bilan beriladi.
Reyestrga kiritish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov qiymati har bir import shartnoma summasining, qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha – qo‘shimcha kelishuv summasining 0,8 foizi miqdorida hisoblanib, ushbu miqdorga qo‘shilgan qiymat solig‘i alohida qo‘shilgan holda undiriladi.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari (1,5 mln so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
Ma’lumot uchun, reyester Davlat ahamiyatiga molik biron-bir sohaga oid ro‘yxat hisoblanadi.
Live
Barchasi