“Xagibis” qurbonlari soni ortmoqda

Olam

image

Avvalroq, 13 oktyabr kuni “Xagibis” to‘fonining Tokioga yopirilishi natijasida 10 kishi halok bo‘lgani, 16 kishi bedarak yo‘qolgani hamda Tokioda yarim million uy elektrsiz qolgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 14 oktyabr kungi holatga ko‘ra, "Xagibis" to‘foni oqibatida qurbonlar soni 39 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bedarak yo‘qolganlar soni 17 kishini tashkil etyapti. 189 kishi jarohat olgan. 

Shuningdek, 136 mingga yaqin uy suvsiz, 4,3 ming kishi elektrsiz qolgan. Kuchli shamol va kuchli yomg‘ir bilan birga kelgan to‘fon tufayli yer ko‘chkisi yuz berdi, o‘nlab daryolar toshib ketdi, Tokio atrofidan Yaponiya dengizi sohilida joylashgan Niigata tomon ulkan hududlarni suv bosdi.

Tokioning  "Narita" aeroportida kechikishlar davom etmoqda. Yaponiya politsiyasi, yong‘in xizmati va o‘zini himoya qilish kuchlari 11 prefekturada qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. Zarar ko‘rgan hududlarning minglab aholisi evakuatsiya markazlarida qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

"Xagibis" to'foni qurbonlar soni ortmoqda

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar