Xabarovskdagi harbiy qismda portlash sodir bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning Xabarovsk viloyati Amur tumani Teysin qishlog‘idagi harbiy qismda portlash sodir bo‘ldi, qurbon va jarohatlanganlar bor. Bu haqda TASS xabar berdi. 

"O‘q-dorilarni tushirish vaqtida poroxning portlashi oqibatida yetti kishi yengil tan jarohati oldi. Yana bir kishi halok bo‘ldi", deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, portlashdan keyin yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in oqibatida ikki kishi jiddiy kuygan. Ular 65 va 40 foiz kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va yana ikki  kishi esa yengil darajada kuygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

565

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing