Keyingi haftada sayyoralar paradi sodir bo‘ladi

Bu qiziq

image

Kelasi haftada Yer aholisini hayratlanarli voqea kutmoqda – beshta sayyora bir chiziqqa tiziladi. Bu haqda “ScienceAlert” xabar bergan.

Qayd etilishicha, sayyoralar paradi joriy yilning 24 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Quyosh tizimining beshta sayyorasi – Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn osmonda saf tortadi. Aslida Neptun va Uran ham samoviy paradga qo‘shiladi. Biroq, bu ikki uzoq va xira sayyorani oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin emas.

“Tong otishidan taxminan bir soat oldin kuzatishni boshlang. Sayyoralar sharqdan janubga (janubiy kengliklarda shimoldan sharqqa) cho‘zilgan bir-biridan uzoqda joylashgan bo‘ladi. Janubiy yarimshardagi kuzatuvchilar sayyoralar ufqdan oldinroq ko‘tarilib, ancha balandroqda joylashganini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, yarim oy Venera va Mars o‘rtasida porlab turadi. Oy iyun oxirigacha sayyoradan sayyoraga o‘tadi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, sayyoralar paradi – bu sayyoralar quyoshning bir tomonida tizilib, osmonning kichik qismida bir qatorda joylashganida sodir bo‘ladigan astronomik hodisa.

Bunday sayyoralar paradini oxirgi marta 2004 yilning dekabrida kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing