Ketma-ket tushishdan so‘ng dollar kursi oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,46 so‘mga oshdi va 12 012,21 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 39,74 so‘mga ko‘tarilib, 13 731,16 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 1,03 so‘mga oshdi va 158,14 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 2,63 so‘mga ko‘tarilib, 1768,09 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 200 so‘mga tushdi va 1 mln 837 ming 200 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 9 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 10 mln 130 ming 384 so‘mga oshdi va 755 mln 518 ming 764 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing