Ketma-ket ikki kun ko‘tarilgan dollar kursi pasaydi
Jamiyat
−
17:38 1479 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 35,48 so‘mga tushdi va 11 818,07 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 81,7 so‘mga pasayib, 13 788,14 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,17 so‘mga tushdi va 141,69 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 5,85 so‘mga arzonlab, 1757,91 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 10 ming 100 so‘mga oshdi va 1 mln 841 ming 100 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 24 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 6 mln 23 ming 721 so‘mga oshdi va 915 mln 705 ming 912 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi