Ketma-ket 5 kun tushgan dollar kursi keskin ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 52,28 so‘mga oshdi va 11 847,16 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 157,81 so‘mga ko‘tarilib, 13 843,41 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 2,77 so‘mga balandladi va 141,44 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 11,62 so‘mga oshib, 1762,10 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 2 ming 700 so‘mga oshdi va 1 mln 829 ming 100 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 20 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 93 mln 971 ming 357 so‘mga oshdi va 850 mln 389 ming 507 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing