Kerak bo‘lsa, Rossiya yadro qurolidan foydalanadi – Medvedev

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya u bilan dushmanlik qilayotgan qo‘shnilarida yadro quroli paydo bo‘lishining oldini olish uchun hamma ishni qiladi. Bu haqda Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

“Biz dushman qo‘shnilarimizda yadro quroli paydo bo‘lishining oldini olish uchun hamma narsani qilamiz. Masalan, bugungi kunda NATO davlatlari tomonidan bevosita nazorat qilinadigan fashistlar Ukrainasida”, deb yozgan Medvedev o‘zining Telegram  kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi yadro qurolidan foydalanish huquqiga ega. 

“Rossiya zarur bo‘lsa, yadro qurolidan foydalanish huquqiga ega. Oldindan belgilangan hollarda. Yadroviy tiyib turish sohasidagi davlat siyosati asoslariga qat’iy rioya qilgan holda”, deb yozgan siyosatchi.

Shuningdek, u zamonaviy qurol-yarog‘larni yetkazib berish Rossiyaga nisbatan nafrat bilan bog‘liq bo‘lsa-da, G‘arb uchun shunchaki biznesligini aytib o‘tgan.

Medvedevning ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass, shuningdek, boshqa G‘arb siyosatchilari “Atlantika tupugini sachratib”, Rossiyadan qo‘lini yadro tugmasidan olib tashlashni talab qilmoqda. 

“Agar Rossiya yadro qurolidan foydalansa, barchasi birgalikda bizga dahshatli oqibatlar bilan doimo tahdid qilmoqda”, deydi u.

Bundan tashqari, u Liz Trass hatto Rossiya bilan yadroviy zarbalar almashishni zudlik bilan boshlashga tayyorligini e’lon qilganini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Putin xalqiga murojaati davomida, u Rossiya xavfsizligiga tahdid qiluvchilarga yadroviy qurol bilan javob berishdan ham tap tortmasligini aytgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made