Kennedilar oilasida yana bir alamli yo‘qotish bo‘ldi

Olam

image

AQSH huquq-tartibot organlari amerikalik senator Robert Kennedining 40 yashar nabirasini o‘lik holda topishdi. Bu haqda CBS Baltimore telekanali xabar bermoqda.

Meyv Kennedi Taunsend Makkin 2020 yilning 2 aprel kuni Merilend shtati qirg‘oqlarida o‘z o‘g‘li bilan izsiz g‘oyib bo‘lgan edi. Marhumaning turmush o‘rtog‘i Devida Makkinning so‘zlariga ko‘ra, bolalar uy yonida o‘ynashayotganda, to‘p suvga tushib ketadi. Uning rafiqasi va o‘g‘li to‘pni suvdan olish uchun kanoega o‘tirishadi. Biroq kuchli to‘lqinlar sabab ortga qaytishga muvaffaq bo‘lishmaydi.

Ayolning jasadi uning onasi uyi yaqinidan topilgan.

Bolani topishga esa muvaffaq bo‘linmagan.

Ma’lumot uchun, Robert Kennedi AQSHning 35-Prezidenti Jon Kennidining akasi bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

468

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing