Kelgusi yil boshidan boshlab yo aravani tortasan, yo ketasan — Prezident Alisher Sultonovga
Jamiyat
−
20 avgust 2021 18768 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 20 avgust kuni bo‘lib o‘tayotgan Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda elektr energiyasi ta’minotiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Elektr energiyasidagi uzilishlar ko‘pchilik tadbirkorlarimizni bezovta qilayotgani ham, ayni haqiqat. Bu masala bo‘yicha har bir tuman, shahar va mahalla kesimida alohida dasturlar amalga oshirilmoqda”, deydi davlat rahbari.
Joriy yil 1 noyabrgacha 4 mingta transformatorni almashtirish, 35 ta podstansiya, 15 ming kilometr tarmoqlarni yangilash ishlari yakuniga yetkaziladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun, joriy yilning o‘zida ilk bor 3 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan.
Ta’kidlanishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish maqsadida tarixda ilk bor bu sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va xususiy biznes kirib keldi. Natijada shu yil yakuniga qadar to‘liq xususiy investitsiyalar hisobiga umumiy quvvati 1 ming 800 megavatt bo‘lgan 8 ta issiqlik va quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
“Energetika vazirligi kelgusi yillarda bu kabi loyihalarni keskin ko‘paytirib 2023 yilga qadar elektr energiyasi bo‘yicha qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini 4 ming 400 megavattga oshirishi shart. Energetika vaziri Alisher Sultonov kelgusi yil boshidan boshlab yo aravani tortasan, yo ketasan”, dedi davlat rahbari.
Live
Barchasi