Keles ko‘prigi vaqtinchalik yopiladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatidagi Keles ko‘prigi orqali avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

4R-4 “Toshkent sh. – Keles sh. – Qozoqkentsoy q. – M39” avtomobil yo‘li (820 km) Sariyog‘och qishlog‘iga shaxobcha avtomobil yo‘lida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan, Keles yo‘li ko‘chasi hamda Yuqori Ko‘kterak ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) sun’iy inshootida bugun, 2021 yil 29 oktyabr kuni tungi soat 00:00 dan ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘liq to‘xtatiladi.

Ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 avtomobil yo‘li (suratda ko‘k rangda) orqali tashkil etilishi ma’lum qilingan.

“Mazkur qaror fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida qabul qilinganligini inobatga olgan holda YPX inspektorlari tomonidan ko‘rsatiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga, tartib intizom saqlab, harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shishingizni iltimos qilamiz!”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing