“Kelajakka qaytib” filmi aktyori vafot etdi

Olam

image

“Kelajakka qaytib” va “Mohir mergan” filmlari aktyori Jeyms Tolken bugun, 28 mart tongida Nyu-York shahrining Saranak ko‘li yaqinidagi uyida 94 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Kelajakka qaytib” filmining rasmiy sahifasida xabar berildi. 

Aktyor muxlislarga “Kelajakka qaytib” filmidagi qattiqqo‘l o‘qituvchi janob Striklend roli orqali tanilgan edi.

“Mohir qo‘llar” filmining bosh prodyusseri Bob Geyl do‘stining o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanligini aytib, o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida post qoldirgan.

“U har bir rolini esda qolarli ijro etadigan juda ajoyib aktyor va sodiq do‘st edi. Men uning karerasidagi so‘nggi film – “Mohir qo‘llar”da u bilan birga ishlaganimdan xursandman. “Janob Striklend” bizning qalbimizda abadiy yashaydi”, deydi Bob Geyl.

Uning nima sababdan vafot etganligi hali ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Jeyms Tolken 1931 yilning 20 iyun kuni AQSHning Michigan shtatida, chorva mollari sotuvchisi Deyl Nikolas oilasida dunyoga kelgan. U 1949 yilda Tuson shahridagi aktyorlikka ixtisoslashtirilgan Tuson amfiteatr maktabini bitirib, G‘arbiy Arizona kollejiga qabul qilingan va kollej kriket jamoasiga sardorlik qilgan. Jeyms o‘zining aktyorlik faoliyatini 1950 yillarning oxirida kichik epizodlardan boshlab, ilk rolini Mark Hellingerning “Yalang‘och shahar” filmida ijro etgan.

Aktyor Gollivuddagi faoliyatini boshlashdan oldin Koreya urushida AQSH dengiz floti a’zosi sifatida xizmat o‘tagan. Jeyms urushda olgan og‘ir jarohatidan so‘ng shifoxonaga yotqizilib, chiqqanidan so‘ng o‘zining keyingi 50 yillik karerasini Gollivudda davom ettirgan. Shuningdek, u Ayova universitetining drama fakultetida tahsil olib, bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan.

Jeyms o‘zining aktyorlik faoliyati davomida “Kelajakka qaytib 1”, “Koinot qo‘riqchilari”, “Mohir qo‘llar”, “Kobra”, “Urush o‘yinlari”, “Asl qon” filmlarida katta-kichik qahramonlarni debyut qilgan.

U hamkasbi Tuskona Vels bilan Tuson amfiteatrida tanishib, 1971 yilda u bilan oila qurgan va umrining oxirigacha birga yashagan. Aktyorning farzandi bo‘lmagan. Ayolining aytishicha, Jeyms barcha mehrini hayvonlarga ulashgan.

Jeyms Tolken o‘zining so‘nggi rolini 2015 yilda suratga olingan “Jangovar Tomagavk” filmida ijro etgan. Shundan so‘ng Jeyms muhlislariga aktyorlik faoliyatini butunlay yakunlaganini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Oskar” mukofoti sohibi, “Cho‘qintirgan ota” filmi yulduzi Robert Dyuval joriy yilning 15 fevral kuni 96 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kelajakka qaytib Jeyms Tolken janob Striklend

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing