Kelajakka intilgan klassika: Kia K9 – nufuzli sedanlar segmentidagi flagman
Biznes
−
13 dekabr 2024
5543K9 – butun dunyoga mashhur Koreya avtomobil brendi – Kia’ning flagman modeli. Bunday sedanlar segmenti ancha konservativ hisoblanadi, ammo K9’ning avvalgi avlodlari ham mazkur mo‘’jaz klubda o‘z o‘rnini topa olgan. Zamonaviy koreys flagmani endi shunchaki segment “qoidalari bo‘yicha o‘ynab” qolmay, balki ulardan ustun bo‘lishga intilmoqda.
Bundan 10 yillar avval Kia o‘z yo‘nalishini aniqlab oldi: “dizayn ustuvor bo‘lgan brend”ga aylanish. Bu vazifa yetakchi dizaynerlar — avvaliga daho Peter Shrayer, keyinchalik esa jasur Karim Habibni taklif etish orqali hal etildi. Endi brend dizayn tili har qanday qit’ada tushunarli va barcha birdek taniy oladigan ko‘rinishga keldi. K9 flagmanida esa dizayn tili yaqqol o‘z aksini topdi. Ha, bu klassik flagman sedani, biroq undagi klassika kelajakka qaratilgan.
Avtomobil nafis va salobatli ko‘rinishga ega: kuchli va qat’iy shakllar, bo‘rtma yuzalar, ishonchli chiziqlar. Biroq o‘zgacha uslubdagi detallar yanglishishga yo‘l qo‘ymaydi – uning zamonaviy model ekanligi bilinib turadi, uning ko‘rinishi esa uzoq yillar davomida dolzarbligini yo‘qotmaydi.
Yorug‘lik diodli chiroqlarning murakkab tuzilishi, radiatorning uch o‘lchovli panjarasi (bunday ta’sirchan ko‘rinish metallning issiq shtamplanishi va “qora xrom” qoplamasi tufayli yaratilgan), old qanotlardagi nafis qoplamalar – bularning barchasi nozik, ammo aniq tarzda zamonaviylikni ta’kidlab turadi.
Xrom ham bu segmentda odatdagidek ishlatilgan, ammo juda ehtiyotkorlik bilan, ortiqchalikka yo‘l qo‘yilmagan. Avtomobil orqa qismi va uning optikasi dizayni zamonaviy sodda uslubda ishlab chiqilgan va Kia modellari qatorini birlashtiruvchi oilaviy chiziqlarga ega.
Avtomobilning keng salonida barchasi hisobga olingan holda joylashtirilgan: nafis chokli qimmatbaho Nappa charm qoplamasidan, shuningdek, premium darajadagi yumshoq bezak-qoplama materiallari, tabiiy yog‘ochdan ishlangan dekorativ qismlardan foydalanilgan. Ko‘p sonli ixcham tugmachalar salondagi Ergo Motion kreslosini har kim o‘ziga qulay qilib sozlash imkonini beradi. Ikkinchi qatordagi markaziy tirsak suyanchig‘iga iqlim-nazorati va multimedia tizimining boshqaruv bloki integratsiya qilingan. Isitish bormi – bor, ventilyatsiya bormi – bor, massaj bormi – albatta. O‘rindiqlar bunday imkoniyatlar bilan to‘liq ta’minlangan. Ikki qavatli oynalar sizni shovqindan himoya qiladi, elektron pardalar esa quyosh nuridan. Barchasi siz xohlagandek darajada. Mashinada o‘tirganingizda siz zamonaviy, yuqori texnologiyali avtomobil salonida ekanligingizni his qilasiz. Salonda chiroyli konturli va o‘ziga xos “atmosferali” yoritgichlar sizga o‘ziga xos kayfiyat beradi. Shuningdek, bu yerda ham aniq shtrixlar xatoga yo‘l qo‘ymaydi – bu zamonaviy, yuqori texnologiyali avtomobilning saloni. Chiroyli konturli va “atmosferali” yoritgichlar, oldingi o‘rindiqlarning orqa qismida orqa tomon yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha ekranlar sizga a’lo kayfiyat bag‘ishlaydi.
Multimedia ekrani hajmi ham ancha katta — 14,5 dyuym. Biroq u intererga yuksak did bilan moslashtirilgan. Audiotizimning Hi-Fi toifasiga mansubligi yaqqol seziladi: ovoz tabiiy va yuqori darajada sifatli.
Multimedia tizimida eng ilg‘or yechimlardan biri – “kengaytirilgan reallik” ishlatilgan. Biroq tizimni boshqarish virtual tugmalar orqali emas, balki an’anaviy bo‘lgan teginganda, ushlaganda yoqimli sensorli disk yordamida amalga oshirilgan. Bu esa tizim bilan ishlashni yanada qulay qiladi. Kia K9 klassika va zamonaviylikning ajoyib uyg‘unligini taqdim etadi. Unda yuqori texnologiyalar ko‘p bo‘lsa-da, salonning shinamligi saqlanib qolgan.
Flagman sedanlarda turli xil elektron yuritmalarning mavjudligi odatiy hol hisoblanadi, biroq Kia K9 bu jihatdan ham hayratda qoldiradi. Uning eshiklari elektron yopish qurilmasi bilan jihozlangan, bu xususiyat esa faqat yanada qimmatroq modellardagina uchraydi, xolos.
12,3 dyuymli raqamli uskunalar paneli nafaqat tartibli, chiroyli va aniq grafikaga ega, balki harakat vaqtida yo‘l qatorini o‘zgartirayotganda yon kameralardan olingan tasvirni ham ko‘rsatadi. Bu ham qulay funksiyalardan bo‘lib, mashina boshqarishni yanada xavfsizroq qiladi.
Umuman, K9’da xavfsizlik masalasi kuzov tuzilishidan boshlab barcha bosqichlarda puxta o‘ylangan. O‘ta mustahkam po‘latdan yasalgan qattiq elementlar salondagi yo‘lovchilar atrofida ishonchli himoya tizimini shakllantiradi. Avariya paytida zarb energiyasini yoyish zonalari sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan.
Kia’ning flagmani premium segment avtomobillaridagi kabi 10 ta xavfsizlik yostig‘i bilan jihozlangan. Haydovchiga yon tomonlarni ko‘rsatuvchi kameralar, balki deyarli har qanday vaziyatda yordam berishga tayyor bo‘lgan elektron yordamchilar va xavfsizlik tizimi ko‘maklashadi.
Avtomobilning to‘liq va haqiqiy qobiliyatlari esa faqat harakat vaqtida ko‘rinishi mumkin. Kia K9 bu jihatdan ham ishonchli, masofalarni barqaror va ishonchli tarzda bosib o‘tadi. Qudratli 249 ot kuchiga ega 3,3 litrli benzinli dvigatel 8 pog‘onali gidromexanik avtomatik uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda ishlaydi. Uzatmalar shunchalik silliq almashtiriladiki, deyarli sezilmaydi. Aqlli 4WD tizimi turli yo‘l qoplamalarida va turli ob-havo sharoitlarida o‘zingizni ishonchli his qilish imkonini beradi. Avtomobildagi alohida muhandislik mo‘’jizasi esa elektron boshqariladigan “podveska” tizimidir. Sensorlar avtomobil harakatini real vaqt rejimida tahlil qilib, amortizatorlar ishini boshqaradi. Ushbu tizimda amortizatorlarning qattiqligini sozlashning jami 1024 ta varianti ko‘zda tutilgan.
Bunday ijobiy xususiyatlar to‘plami bilan ham Kia’ning flagman modeli hamyonbop avtomobil bo‘lib qolmoqda, bu esa uni o‘z segmentidagi sedanlar qatorida e’tiborga loyiq ishtirokchiga aylantiradi.
O‘zbekistonda Kia avtomobil brendi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.
Telefon: (+998) 55−500−83−33
Sayt: kia.uz
Facebook: KiaUzbekistan
Instagram: Kia__uzbekistan
Telegram: KiaUzbekistanbot
YouTube: KiaUzbekistan
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi