Kelayotgan haftada O‘zbekistonda havo keskin soviydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 oktyabrida O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18-19 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Prognozlarga ko‘ra, 17-19 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi. 17-18 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Havo harorati 8-10 darajaga pasayishi mumkin.

Qayd etilishicha, mazkur yog‘inlarni mintaqaga Kavkaz hududlaridan kirishi kutilayotgan nam havo oqimlari olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

922

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing