Kelasi yildan gaz va elektr narxi o‘zgarishi mumkin

Olam

image

O‘zbekistonda xususiy elektr stansiyalarining ishga tushirilishicha natijasida umumiy elektr ishlab chiqarishning 18 foizi xususiy sektor hisobiga to‘g‘ri keladi va narxlar ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil belgilanishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari —Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi. 

Uning qayd etishicha, mamlakat energetika sohasida qilinayotgan ishlar juda ko‘p, lekin natijasini birdaniga ko‘rib bo‘lmayapti. 

“2023 yilda 1,3 gegavat, 2024 yilda esa 4,7 gegevat quvvatga ega bo‘lgan xususiy elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Bundan besh yil avval O‘zbekistonning bitta ham xususiy elektr stansiyasi yo‘q edi. Nasib bo‘lsa ularning ulushi 2023 yilda 18 foizga yetadi”, deydi Qo‘chqorov. 

Uning qayd etishicha, xususiy elektr stansiyalari ishga tushirilishi orqali mamlakatda elektr energiyasiga nisbatan bozoro tamoyillari prinsipi amal qila boshlaydi. 

“Bu soha haqida gapirganda, bozor prinsiplariga ko‘ra harakatlar davom etadi. Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun ulgurji va chakana bozorlarni yaratish bo‘yicha ham ishlar davom ettirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda islohotlar bu sohaga investitsiyalar jalb qilishga imkon beradi va bozor ochilgandan keyin investitsiyalar ko‘payishi hisobiga elektr energiyasi yoki tabiiy gaz ishlab chiqarish ko‘payadi. Buning boshqa yo‘li yo‘q. Bunday katta mablag‘larni o‘zimiz bevosita davlat qarzini ko‘paytirish hisobiga amalga oshirish hisobiga ega emasmiz”, deydi vazir. 

U, shuningdek, xususiy elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxlariga ham to‘xtalib, qiymat ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun og‘irlik qilmasligiga va’da berdi. 

“Tariflar bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Shuni ishontirib aytamanki, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlari umuman bu o‘zgarishni sezmaydilar”. 

QALAMPIR.UZ’da mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2021 yilda ham o‘z faoliyatini qariyb 2,1 trln so‘m, “O‘ztransgaz” AJ esa 2,5 trln so‘m zarar bilan yakunlagan. Bunga asosiy sabab, elektr energiyasi va tabiiy gazni yakuniy iste’molchilarga sotishning amaldagi tariflari sohaning jami xarajatlari va investitsion loyihalar doirasida jalb qilingan kreditlar bo‘yicha majburiyatlarini qoplashga yetarli emasligi bilan izohlanadi. Xususan, Jahon banki konsultantlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, amaldagi elektr energiyasi tariflari jami xarajatlarning 66 foizini qoplasa, tabiiy gaz tariflari esa bor yo‘g‘i 46 foizini qoplaydi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi bor yoqilg‘i-energetika resurslariga yangi narxlar va tariflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyulda qabul qilingan 633-son qaroriga ko‘ra, 2019 yil 15 avgustdan boshlab belgilangan edi va qariyb 3 yil davomida qayta ko‘rib chiqilmadi.

2017 yil sentyabr oyida aholi uchun elektr energiyasi tarifi 2,5 sentni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yil aprel oyida – 2,8 sent, 2018 yil noyabrda – 3,0 sent, 2019 yil avgust oyida – 3,3 sent edi. Bugungi kunda esa 2,6 sentni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

390

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing