Kelasi o‘quv yilidan yangicha ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2019
5765O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 sentyabr kuni “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Farmonga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda – Xalqaro tasniflagich) darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.
Quyidagilar:
Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxati;
Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxati;
Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari;
Kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga o‘tkaziladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati;
Oliy ta’lim muassasalari quvvatlarini oshirish, istiqbolda xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati;
Oliy ta’lim muassasalarining ko‘p tarmoqli o‘quv markazlari va amaliyot poligonlarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati;
Binolari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati 7 tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda ushbu band bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berildi.
LiveBarchasi