Kelasi hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
13 Sentabr 2019
6047Gidrometeoroloigya xizmati markazi 14-17 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 va 17 sentyabrda +10...+15 daraja, 15-16 sentyabrda +8...+13 daraja, kunduzi 14-16 sentyabrda +23...+28 daraja, 17 sentyabrda +20...+25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 sentyabrda +12...+17 daraja, 15-17 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyati
Havo o‘zgarib turadi, 14 sentyabrda kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 15 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16-17 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 sentyabrda +12...+17 daraja, 16-17 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi 14 sentyabrda +25...+30 daraja, 15-17 sentyabrda +22...+27 daraja bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 14 sentyabrda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 15-17 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 sentyabrda +12...+17 daraja, 16-17 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi 14 sentyabrda +25...+30 daraja, 15-17 sentyabrda +22...+27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 sentyabrda +12...+17 daraja, 16-17 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi 14 sentyabrda +26...+31 daraja, 15-17 sentyabrda +24...29 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 sentyabrda +12...+17 daraja, 16-17 sentyabrda +10...+15 daraja, kunduzi 14 sentyabrda +25...+30 daraja, 15-17 sentyabrda +22...+27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, 14-15 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 16-17 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 sentyabrda +7...+12 daraja, 16-17 sentyabrda +5...+10 daraja, kunduzi 14 sentyabrda +15...+20 daraja, 15-17 sentyabrda +12...+17 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi