Kecha Qashqadaryoda topilgan qo‘ng‘ir ayiqning bolasi bugun o‘ldirib ketildi

Jamiyat

image

Kecha, 25 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi tog‘li hududda “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq va bolalari borligi ma’lum bo‘lgandi. 

Bugun, 26 aprel kuni esa mazkur noyob ayiq bolalarining bittasi o‘ldirib ketildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot kotibi Bunyod Abdullayev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi

Qo‘mita vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayiq bolasining kim tomonidan otilgani noma’lum, biroq cho‘ponlardan biri otgan bo‘lishi mumkin.

“Ona ayiq ovqat yemaydi. U hech narsa yemasdan tug‘adi. Judayam chidamli hayvon. Hozir, ayni och, charchoqda bo‘lgan vaqti. Bu holat judayam achinarli. U odamga tashlanmaydi, odamga tashlanadigan holatda ham emas. Kimdir ayiqning bu holatidan foydalanib, bolasini o‘ldiribdi. O‘sha otgan odamni ushlab, jazolash kerak, boshqa iloj yo‘q”, deydi Abdullayev.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan aniqlik kiritish uchun Ichki ishlar organlari va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat inspeksiyasi xodimlari voqea sodir bo‘lgan hududga ketgan.

“Hozir ayiq dalada, yovvoyi tabiatda yuribdi. U yerda u erkin yuradi, sharoit bor, oziqlanishi uchun ham narsalar yetarli. Ayiq bolasini o‘ldirgan odam kimligini aniqlaymiz”, deydi matbuot kotibi.

Ma’lumot uchun, ona ayiq va uning ikkita bolasi suratlarini qo‘mitaga “Terakli” MFYda yashovchilar jo‘natgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1024

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing