Kattalar qolib, endi bolalar. Qirg‘iz-tojik chegarasida ommaviy janjal yuz berdi

Olam

image

Qirg‘iz-tojik chegarasida ommaviy janjal oqibatida to‘rt nafar maktab o‘quvchisi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Qirg‘izistonning Botken viloyati rahbari o‘rinbosari Ma’rufxon Tulayev ma’lum qilgan

“Bugun taxminan soat 13:00da to‘rt qirg‘iz maktab o‘quvchisi tojik maktab o‘quvchilari tomonidan kaltaklandi. Voqea chegaradagi Ko‘k-Tosh qishlog‘ida sodir bo‘ldi. 30ga yaqin tojikistonlik maktab o‘quvchilari uylariga qaytayotgan bolalarga hujum qilgan”, deydi Tulayev.

Ta’kidlanishicha, kaltaklangan maktab o‘quvchilari 13-14 yoshda, ular turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat xavfsizlik kuchlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Qirg‘iziston va Tojikistonning Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari chegaradagi voqeani hal qilish uchun muzokaralar olib bormoqda”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, qirg‘iz-tojik davlat chegarasida vaqti-vaqti bilan tortishuv va mojarolar bo‘lib turadi. Ular og‘zika tortishuvlardan qurolli to‘qnashuvlargacha borib yetgan holatlar bo‘lgan. 

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikiston bilan umumiy chegara 972 km, shundan 519 km kelishilgan, 375 km esa bahsli hisoblanadi.

Tojik-qirg‘iz mojarosi

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Ko‘k-Tosh qishlog‘i yaqinidagi “Golovnoy” suv olish joyidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida ikki mamlakat mahalliy aholisi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 29 aprelda Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylandi. Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken va Laylak tumanlarida otishmalar 30 aprel va 1 may kunlari davom etdi. 

1 may kuni tomonlar otishmani to‘liq to‘xtatish va chegaradan kuchlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi shu kuni tojikistonlik harbiylar Qirg‘iziston hududidan chiqib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

287

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing